«sardor umurzoqov» tegli maqolalar


Sardor Umurzoqov Prezident administratsiyasi rahbari lavozimidan ozod etildi
17 avgust 2023, 15:57

Sardor Umurzoqov Prezident administratsiyasi rahbari lavozimidan ozod etildi

Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Sardor Umurzoqov Prezident administratsiyasi rahbari lavozimidan ozod etildi. U davlat rahbarining maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

«Termiz — Mozori-Sharif — Qobul — Peshovar» trans-afg‘on temir yo‘lini qurish ishlari tezlashtiriladi
23 fevral 2022, 14:58

«Termiz — Mozori-Sharif — Qobul — Peshovar» trans-afg‘on temir yo‘lini qurish ishlari tezlashtiriladi

Bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umurzoqov Qobulda «Tolibon» rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Unda Afg‘oniston orqali o‘tayotgan transport vositalari va yuklar harakatlanishi uchun o‘zaro maqbul sharoitlarni ishlab chiqishga kelishilgan. Afg‘on tomoni O‘zbekistonning Afg‘onistonda mintaqa davlatlarining transport va tranzit salohiyatini oshirishga qaratilgan qo‘shma infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirgan.

Shavkat Mirziyoyev 19-noyabrda Rossiyaga tashrif buyuradi
17 noyabr 2021, 18:21

Shavkat Mirziyoyev 19-noyabrda Rossiyaga tashrif buyuradi

Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston prezidenti etib qayta saylanganidan keyingi ilk ikki tomonlama tashrifi 19-noyabr kuni Rossiyaga bo‘ladi.

Sardor Umurzoqov JST vakillari bilan tashkilotga a’zo bo‘lish masalalarini muhokama qildi
28 oktabr 2021, 12:13

Sardor Umurzoqov JST vakillari bilan tashkilotga a’zo bo‘lish masalalarini muhokama qildi

Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov JST bosh direktori o‘rinbosari Syanchen Chjan bilan uchrashib, tashkilotga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarning holatini muhokama qildi. Yil oxirigacha JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha ishchi guruhning 5-yig‘ilishi o‘tkaziladi.

«Tolibon» O‘zbekistonga elektr bo‘yicha barcha qarzlarni to‘lab berishga va’da berdi
25 oktabr 2021, 10:38

«Tolibon» O‘zbekistonga elektr bo‘yicha barcha qarzlarni to‘lab berishga va’da berdi

«Tolibon» Afg‘onistonning O‘zbekistondan elektr energiyasi importi bo‘yicha barcha qarzlarini to‘liq to‘lab berish majburiyatini o‘z zimmasiga oldi. Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov O‘zbekiston Kobulga elektr energiyasi yetkazib berishni «bir soatga ham» to‘xtatmaganini qayd etgan.

Termizda Afg‘oniston delegatsiyasi bilan muzokaralar boshlandi
16 oktabr 2021, 12:25

Termizda Afg‘oniston delegatsiyasi bilan muzokaralar boshlandi

Afg‘oniston muvaqqat hukumati rahbari o‘rinbosari Abdul Salam Hanafiy boshchiligidagi delegatsiyaning Termizga tashrifi kutilmoqda. Shanba kuni u bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umurzoqov bilan uchrashadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting